Savolning ID si: 10017
Yer va molk mulk soligi buyicha imtiyoz
Kam ta’minlangan oilalarga yer yoki mol-mulk soligʻidan qonunchilikda imtiyoz bormi?
Ekspertlarning javoblari:

Yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha kam ta’minlangan oilalarga alohida imtiyozlar berilmagan.

Jismoniy shaхslarga solinadigan yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar Soliq Kodeksining tegishincha 290 va 275-moddalarida belgilangan. Ushbu imtiyozlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaхslar tarkibida kam ta’minlangan oilalar nazarda tutilmagan

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.