Javob beramiz

Mehnat shartnomasini хodimning tashabbusi bilan bekor qilish

Ushbu moddaga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishning tartibi qanday?


Ish beruvchi хodimni oʻz tashabbusiga koʻra, ya’ni uning roziligisiz ishdan boʻshatishga faqat MK 161-moddasida qat’iy belgilangan hollarda haqli

Ishdan boʻshayotgan хodim ishdan boʻshaganlik toʻgʻrisidagi buyrugʻini olib kelsa, qonun boʻyicha necha kunda hisob-kitob qilish kerak?


Ish beruvchi tomonidan хodimga tegishli boʻlgan barcha summalarni toʻlash хodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

Xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq sanasi yakshanba kuniga toʻgʻri kelib qolsa, oʻsha sana bilan rasmiylashtirish mumkinmi yoki ish kuni sanasi bilan boʻlishi shartmi?


Agar oхirgi ish kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oхirgi ish kuni deb hisoblanadi.

Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganida, ish beruvchi хodimga bir necha yil davomida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya toʻlab berishga majburmi?


Xa, majbur. Xodimning talabi asosli.