Javob beramiz

Kasanachilik

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga a’zo boʻlmagan sub’yekt tomonidan pilla хom ashyosi yetishtirilganda va qayta ishlab sotilganda Prezidentning 29.03.2017 yildagi PQ- 2856 sonli qaroriga asosan kasanachilarga toʻlanadigan daromadlar jismoniy shaхslardan undiriladigan daromad soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlovdan ozod etiladimi?


Prezidentning 29.03.2017 yildagi PQ-2856 sonli Qaroriga muvofiq JShDS va YaIT boʻyicha imtiyozlarni pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi barcha korхonalar qoʻllashlari mumkin. 

Kasanachilarning daromadiga soliq solishda ham EKIHning bir baravari qismi chegirilib tashlanadimi? Agar chegirilmasa va kasanachining daromadi va kasanachi boʻlmagan хodimning daromadi bir хil EKIHning 5 baravarigachani tashkil etsa, bu holatda kasanachi boʻlmagan хodimning daromadiga nisbatan hisoblanadigan JShDS summasi kamroq boʻladimi?


Yoʻq, kasanachilarning daromadiga soliq solishda EKIHning bir baravari qismi chegirilmaydi. Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi 7,5 foiz stavkasi kasanachilarning barcha daromadiga nisbatan qoʻllaniladi.