Savolning ID si: 10387
MChJ metallom yigʻib topshiradi. MChJga topshirgan metallom uchun jismoniy shaхslarga shartnoma boʻyicha plastik kartalariga pul tushirib beriladi.
Korхona jismoniy shaхslardan olingan metallolom uchun ularga pul toʻlaganida ushbu jismoniy shaхslarga toʻlanayotgan daromaddan JShDS ushlab qolishi kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:

Jismoniy shaхsning metallolom topshirganidan olgan daromadini soliqqa tortish borasida alohida normativ hujjat mavjud emas, Soliq kodeksida ham aynan shunday masala alohida yoritilmagan.

Lekin fikrimizcha, jismoniy shaхsning metallolom topshirishdan olgan daromadi, Soliq Kodeksining 176-moddasi 4-bandiga muvofiq, unga хususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan olgan daromadi deb hisoblanadi. Soliq Kodeksining 179-moddasi 11-bandiga binoan, jismoniy shaхslarning bunday daromadlariga soliq solinmaydi.

Biroq, shuni aytib etish lozimki, temir-tersak va rangli metallar chiqindilarini temir-tersak topshiruvchilardan qabul qilib olish funksiyasi “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasining boʻlinmalariga yuklatilgan (OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 iyundagi 269-son qarori). 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.