Savolning ID si: 16227
Bizda хodim 13 yil ishlab, ishdan boʻshadi. Shu 13 yillik davrda 2007, 2008, 2009, 2019 yillarda mehnat ta’tiliga chiqqan va ta’til pullari toʻlab berilgan.
Endi qolgan 9 yil uchun foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda хodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi (MK 151-m.).

Umuman, ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi kerak. Xodimning roziligi bilan ta’tilning 12 ish kunidan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilib, shu yili undan albatta foydalanilishi kerak.

Ushbu vaziyatda хodimning ta’tildan foydalanmaganligi uni 9 yil uchun kompensatsiya olish huquqidan mahrum etmaydi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.