Aholi bandligi organlari tomonidan 2020 yilda хodimlar uchun mehnat daftarchalarini berishni rad etishning qonuniyligi

Savolning ID si: 16522
AJga (davlat ulushisiz) ishga joylashtirilayotgan shaхslarning ma’lumotlari “YaMMT” IDAKga kiritib borilmoqda (31.10.2019y.dagi PQ-4502-sonli qaror). Mehnat kodeksi va Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma me’yorlari amal qilishi davom etayotganligi munosabati bilan, AJ yangi mehnat daftarchalarini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolashni soʻrab aholi bandligi organiga murojaat qilganida, mazkur organ rad javobini berdi. Davlat organi oʻzinig rad javobini yangi mehnat daftarchalarini berish oʻz dolzarbligini yoʻqotganligi bilan asoslantirgan.
Aholi bandligi organi 2020 yilda mehnat daftarchalarini berishni rad etishga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari:

Xodimning mehnat staji, shu jumladan pensiya tayinlashda хodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan (31.10.2019y.dagi PQ-4502-sonli qaror 4-bandi):

2020 yil 1 yanvardan soʻng — «YaMMT» IDAKda mavjud ma’lumotlar asosida (qonun hujjatlarida belgilangan alohida hollardan tashqari), elektron mehnat daftarcha ma’lumotlari boʻyicha;

2020 yil 1 yanvarga qadar — «YaMMT» IDAK joriy qilingungacha oʻrnatilgan tartibda, qogʻoz shaklidagi mehnat daftarcha ma’lumotlari boʻyicha belgilanadi.

Shunday qilib, 2020 yilning yanvar oyidan mehnat daftarchalarini yuritish elektron shaklda amalga oshiriladi

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.