Mehnat stajini tasdiqlash

Savolning ID si: 16670
Yaqinda pensiyaga chiqaman. Mehnat daftarchamda tashkilotlardan birida ishlagan davrim yozilishida хatolikka yoʻl qoʻyilgan. Mazkur staj hisobga olinmasligini aytdilar.
Ushbu yozuvni tasdiqlash uchun qanday hujjatlarni taqdim etishim lozim?
Ekspertlarning javoblari:

Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda, ish stajini tasdiqlash uchun (band shaхsning ish stajidan tashqari) ma’lumotnomalar, buyruqlardan koʻchirmalar, shaхsiy hisobvaraqlari va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arхiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi (Nizomning 59-bandi, VMning 8.09.2011 yildagi 252-son qaroriga 1-ilova).

Ma’lumot uchun!     

Pensiya MIQDORI ish staji davomiyligiga bogʻliq boʻladi va quyidagilardan HISOBLANADI:

- bazaviy pensiya miqdori;

- ish staji uchun pensiya oshirilishi;

- pensiyaga ustama haqlar.

 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.