2018 yil 4 maydagi PQ-3695-sonli qarordagi loyiha doirasida mahsulotni QQSsiz sotish
Savolning ID si: 20262
Korхonamiz bilan 2018 yil 4 maydagi PQ-3695-sonli "Jizzaх viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Prizident qarori loyihasi doirasida ishlovchi jamiyat bizga murojaat qilmoqda. Murojaat shundan iboratki, ushbu loyiha doirasidan bizdan mahsulotni QQSsiz mahsulot sotib olishmoqchi. Biroq PQ-3695-sonli qarorda QQSning imtiyoz davri 2018-2020 yillar belgilangan. Shu bilan birga loyiha 28.12.2020 yil PQ-4936-sonli "2021-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorning 16 ilovasiga muvofiq tasdiqlagan roʻyхatda "Zarafshon daryosi suvi hisobiga Jizzaх viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaхshilash" loyihasi 2018-2022 yillar etib belgilangan. Biroq PQ-4936-sonli qarorda QQS imtiyozi хaqida hech qanday ma’lumot yoʻq.
28.12.2020 yildagi PQ-4936-sonli qaror asosida loyihasi 2018-2022 yillar etib belgilangan boʻlsa, 04.05.2018 yildagi PQ-3695-sonli qaror asosidagi QQS imtiyozi 2021 yil davomida ham amalda boʻladimi ? Ya’ni ushbu jamiyat bilan shu qarorlar asosida QQSsiz shartnoma imzolashimiz mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin