Mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan ijarachi foydalanishga haqlimi
Savolning ID si: 28687
Toshkent shahar hokimgigi "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" (keyingi oʻrinlarda Markaz) DUK balansida boʻlgan bino Markazga operativ boshqaruvga berilgan. VMning 08.04.2009 yildagi 102-sonli qarori talablariga asosan Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi (ijaraga beruvchi), Markaz (balansda saqlovchi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi rakka qarshi jamiyati (ijarachi) oʻrtasida uch tomonlama ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan, ijara haqi nol stavkada belgilangan. Undan tashqari, balansda saqlovchining sarf-хarajatlarini qoplash boʻyicha ijarachi bilan alohida shartnoma tuzilishi kerak edi. Biroq ijarachi bunday shartnomani tuzishdan bosh tortdi. Balansda saqlovchi ushbu bino boʻyicha mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlagan. Tegishli sud organlariga qilingan murojaatdan soʻng sud ijarachi notijorat tashkilot ekanini hisobga olib, SKning 411 va 426-moddalariga asosan ijaraga beruvchiga yer va mulk soliqlari summasini undirib berishni bekor qilgan. Natijada Markaz toʻlagan soliqlar zarar boʻlib qolmoqda.
1. Markaz ushbu bino boʻyicha toʻlangan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalarini qaytarishni talab qilish huquqiga egami?
2. Yuqorida koʻrsatilgan soliq imtiyozlarning ijarachi tomonidan qoʻllanilishi qanchalik toʻgʻri? Markaz ham ushbu holatda bu soliqlardan ozodmi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin