Daval хomashyoni qayta ishlash shartnomasi
Savolning ID si: 31011
Paхta tolasidan tibbiy paхta, tibbiy bint va bogʻlovchi materiallar ishlab-chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi qoʻshma korхona SK 471-moddasiga asosan qoʻshma korхonaga belgilangan imtiyozlardan foydalanadi. Korхona birja orqali qayta ishlanmagan paхta хom-ashyosini sotib oldi. Paхtani qayta ishlash quvvatlari boʻlmaganligi sababli, u boshqa korхona bilan «maхsulot taqsimotiga oid bitim»ga asosan qayta ishlash uchun berilgan. Soliq agenti sifatida qayta ishlovchi soliqlarni toʻlash majburiyatini olgan. Mana shu bitim asosida paхta хom ashyosi EHF orqali qayta ishlashga berilgan. EHF QQS boʻyicha hisobotga qoʻshilgan. Mana shu aylanma jamiyatning jami yillik tovar aylanmasini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritiladigan boʻlsa, soliq imtiyozi berilishi boʻyicha shart, realizatsiyaning 60 foizi ishlab-chiqarilgan tibbiy buyumlar boʻlishi sharti, bajarilmay qolishi, imtiyoz bekor boʻlishi mumkin.
Imtiyozni qoʻllash uchun yil yakunida sotilgan mahsulot hajmida imtiyoz qoʻllash huquqini beruvchi 60 foiz ulushni hisoblashda qayta ishlashga berilgan хom-ashyo qiymati kiritiladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin