Savolning ID si: 9302
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hali 2018 yil uchun ish vaqti me’yorining davomiyligi boʻyicha ma’lumot berilmadi. Lekin Mehnat kodeksida 131-moddasida bayram kunlari belgilab qoʻyilgan. Faqatgina Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuniga aniq sana belgilanmagan va bunga ham odatda Musulmonlar idorasi tomonidan ishlab chiqiladigan hijriy taqvimdagi ma’lumotlar asos qilib olinadi va gohida ular oʻzgarishi ham mumkin. Misol uchun, joriy 2017 yil uchun Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni 2 sentyabrga toʻgʻri kelishi belgilangandi, lekin u 1 sentyabrga oʻzgartirildi. Homiladorlik va tugʻish ta’tilini hisoblab chiqishda uning muddati toʻgʻri keladigan har bir oydagi ish kuni muhim sanaladi. Bu "Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom" (roʻyхat raqami 1136, 2002 yil 8 may)ning 55 bandida belgilangan. Xodima 2017 yil 15 sentyabrdan 19 yanvargacha boʻlgan davr uchun mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi keltirdi.
1. 2018 yil yanvar oyi uchun rejadagi ish kunlarini aniqlashda 1 yanvar bayram kuni sifatida qaraladimi yoki Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli ma’lumoti boʻlmaguncha faqatgina yakshanba (besh kunlik ish rejimida ishlaydiganlarda shanba ham) dam olish kuni deb hisoblanadimi? 2. Agar yanvar oyida Roʻza yoki Qurbon hayit bayrami boʻlsachi? (Hali Roʻza va Qurbon hayit bayramlari yanvar oylariga toʻgʻri kelmaydi, lekin u ham yanvar oyiga toʻgʻri kelib qolgan deb faraz qilinsa va bu Musulmonlar idorasining hijriy taqvimida koʻrsatilgan boʻlsa va 1-savolga javobda 1 yanvar bayram kuni sifatida qaraladi deb hisoblansa) 3. 2017 yil 2 sentyabr ish kuni etib belgilanguncha sentyabr oyi davomida muddati tugaydigan mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi 6 kunlik ish rejimida ishlaydigan хodimaga toʻlab berilgan boʻlsa, 2 sentyabr ish kuni deb e’lon qilinganidan soʻng uning sentyabr oyiga toʻgʻri keladigan summasi qayta hisoblab chiqilishi kerak boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin