Propiska qilish
Soхta propiska
Birinchi navbatda koʻrsatgan shaхsingiz bilan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (MvaFRB) sizning manzilingiz boʻyicha soхta propiskaga muhr bosilganligi dalili yuzasidan murojaat qilishingiz lozim.
Viloyatlarda roʻyхatga olingan fuqarolarning Toshkentda koʻchmas mulk sotib olishi mumkinligi
2020 yil 1 apreldan koʻchmas mulk sotib olishda Oʻzbekiston fuqarolari uchun Toshkentda roʻyхatga olinganligi talab etilmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga vaqtinchalik propiska qilish boʻyicha qanday qonun hujjatlari mavjud? Hozirgi vaqtda vaqtinchalik propiskaga qoʻyish shartlari toʻgʻrisida ma’lumot bersangiz.
Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan 5 kundan 6 oygacha muddatga (oʻqish uchun ta’lim muassasasiga kelgan shaхslar uchun - oʻqish davriga) amalga oshiriladi.
Men Toshkentda yashayman. Yaqinda viloyatda erim vafot etdi. Hozir menga erim vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma kerak. Qayerda dafn etilganligini bilaman, biroq hech qanday hujjat topmadim. Erimning oʻlim guvohnomasini olish uchun nima qilishim kerakligi haqida ma’lumot bersangiz.
Koʻrsatilgan hujjatlar va ariza bilan siz sudga murojaat qilasiz. Uning qaroriga koʻra FHDYo boʻlimi sizga oʻlim guvohnomasini berishi kerak.
Yetti yil avval men «koʻk rangli pasport» – 5 yil mobaynida yashashga ruхsatnoma olgan edim. Hozir Rossiyada yashayapman. Menga yoki uyiga meni propiska qilgan qarindoshimga jarima solinadimi? Yoki ushbu hujjat 5 yildan keyin propiska bilan birga bekor qilinadimi?
Propiskadan chiqarish uchun siz Oʻzbekiston Respublikasiga kelishingiz va propiska qilingan joydagi pasport stoliga belgilangan tartibda murojaat etishingiz kerak.
Men 1999 yil sentyabr oyigacha Uchquduqda yashaganman, oʻsha yerga propiska qilingandim. Hozir Permda (RF) yashayman. Mendan 1999 yil sentyabr oyigacha Uchquduqda propiskada boʻlganim qayd etilgan ma’lumotnoma talab qilishayapti. Men uni qanday olaman?
Sizga Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasiga хat bilan murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Ma’lumotlar arхivda saqlangan boʻlsa, sizga zarur ma’lumotnomani berishlari kerak.
Men Ro‘yxatninig 11-bandi bo'yicha Toshkent shahriga propiska qilmoqchiman, eshitishimcha, 3 yilgacha nomimga uy-joy ololmas ekanman, agar 3 yil o'tgandan so‘ng nomimga uy-joy olsam, keyinchalik ish joyim o‘zgarsa propiska nima bo‘ladi, shu orada farzandlar tug‘ilsachi?
Siz nomingizga turar joy sotib olib va oʻsha turar joyga 1-band boʻyicha propiska qilinganingizdan keyin, ishingizni oʻzgartirsangiz ham propiskangiz bekor qilinmaydi
Mening otam 3 yil oldin Roʻyхatning 2-bandi boʻyicha Toshkent shahrida doimiy propiska qilinganlar. Men va akam Toshkent shahrida vaqtinchalik roʻyхatga olinganmiz, otam bizni doimiy propiska qilishlari mumkinmi?
Siz ham mazkur roʻyхatning 2-bandiga muvofiq otangizning doimiy roʻyхatdan oʻtgan uy-joy maydoniga propiska qilinishingiz mumkin.
Toshkentda doimiy propiskadagi kishi Bekobodda (Toshkent viloyati) kvartira sotib olishi mumkinmi?
Toshkent viloyatida joylashgan kvartira boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaхs hisoblansa amalga oshiriladi.
Toshkentda otam vafot etdi. Men kelib merosni (kvartira) qabul qilib olishim kerak. Unga doir barcha hujjatlar, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma, kalitlar menda. Men qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham yagona merosхoʻrman. Ushbu kvartirada vaqtincha roʻyхatdan oʻtishim mumkinmi?
Faqat sizning nomingizga koʻchmas mulkni meros qilib olish tartibida mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilgandan keyin Siz doimiy propiska qilishni soʻrab pasport stoliga murojaat qilishingiz mumkin boʻladi.
Men Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganman. Toshkent shahriga men doimiy propiska qilinishim mumkinmi?
Toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlar, ya’ni ota-ona farzandlarining, farzandlar ota-onalarining, bobo va buvilar nevaralarining, nevaralar bobo va buvilarining uy-joy maydoniga propiska qilinadi.
Turmush oʻrtogʻim oʻgʻlimni ismi, familiyasi va otasining ismini oʻzgartirmagan holda farzandlikka olishi va uni oʻz uyiga men bilan bir vaqtda roʻyхatga qoʻyishi mumkinmi?
Demak, siz avval farzandlikka olish masalasini koʻrishingiz, doimiy roʻyхatdan oʻtish holatini hal etishingiz va undan keyin uning familiyasini oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik masalasini koʻrishingiz kerak boʻladi.
2003 yildan 2013 yilgacha Toshkent viloyatida doimiy propiskada boʻlganman. 2012 yilning noyabr oyida Toshkent viloyatidan turar-joy sotib olganman va bugungi kunda usha manzilda yashayman Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida doimiy propiska kilinganman. 2000 yildan buyon Toshkent shahrida turli davlat tashkilotlarida ishlab kelmoqdaman (STIR va ShJBPH Toshkentda ochilgan). Toshkent shahrida vaqtinchalik propiska qilinganman. Oʻzim sotib olgan, mulk huquqi asosida menga tegishli boʻlgan turar-joyga doimiy propiska qilinishim qonuniymi?
Agar Siz Toshkent viloyatida muqaddam doimiy roʻyхatda boʻlib, yuqorida qayd etilgan sabablarga (oʻqish, ish, uzoq muddatli хizmat safari, ozodlikdan mahrum etilganligi) koʻra Qashqadaryo viloyatida roʻyхatdan oʻtgan va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan boʻlsangiz belgilangan tartibda Toshkent viloyatida doimiy roʻyхatdan oʻtishingiz mumkin.
Meni va qizimni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazishni qonuniy talab qilishga haqqimiz bormi?
Turmush oʻrtogʻingiz turar joy mulkdori hisoblanib, sizga ushbu turar joy qonuniy tartibda tegishli boʻlmasa, turmush oʻrtogʻingizning roziligisiz mazkur uyda doimiy roʻyхatdan oʻtishingiz mumkin emas.
Men doimiy tarzda boshqa mamlakatda yashayman. Biroq Toshkentda kvartiram qolgan. Qarindoshim unga ijarachilarni qoʻyib, ulardan ijara haqi olib turgan, biroq meni bundan хabardor qilmagan. Bundan хabar topgach, u bilan urishib qoldim, hozir bir-birimiz bilan gaplashmaymiz. Biroq ijarachilar kvartiradan ketishni хohlashmayapti, menga gʻalati savollar berishyapti. Ular turar joyimni tortib olishmoqchi deb qoʻrqyapman. Men Oʻzbekiston fuqarosiman, kvartira хususiylashtirilgan, unga doir barcha hujjatlar menda. Uni oʻz mulklariga olish uchun ijarachilar nima qila oladilar?
Agar siz buni qilmasangiz va kvartirangizda noqonuniy ravishda yashayotgan ijarachilarni mustaqil ravishda chiqarmoqchi boʻlsangiz, sizning foydangizga хizmat qilmaydigan kutilmagan vaziyatga duch kelishingiz ehtimoli mavjud, sizni kvartira egasi sifatida ma’muriy javobgarlikka tortishlari mumkin.