Xodim bilan mediativ kelishuv shartlari boʻyicha buyruq qanday tuziladi

preview

«Yil boshida хodim oʻz mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi – bir martadan koʻp boʻlgan kechikishlar va ishdan erta ketishlar uchun Mehnat kodeksining 100-modda 3-bandi boʻyicha ishdan boʻshatildi. Xodim ish joyida yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni imzolamaganligi va yozma ravishda tushuntirish bermaganligi sababli, ish beruvchini noqonuniy ishdan boʻshatgani uchun sudga berdi. Sud jarayoni tugashidan oldin tomonlar mediativ kelishuv imzoladilar. Uning shartlariga koʻra, ish beruvchi kompensatsiya toʻlaydi va хodimning arizasi asosida ishdan boʻshatish moddasini Mehnat kodeksining 100-modda 3-bandidan 99-moddasiga oʻzgartiradi.

Mediativ kelishuv shartlari boʻyicha buyruqni  qanday toʻgʻri tuzish kerak?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Intizomiy jazo tayinlash tartibiga rioya qilish juda muhimdir. Xodim aybdor, ammo ish beruvchi murosaga kelishga majbur, chunki kadrlar jarayonini rasmiylashtirishda e’tiborsizlikka yoʻl qoʻyib boʻlmaydi!

Bu mavzuda tavsiyalar quyidagi tushuntirishlarda berilgan:

Har qanday holatda ham mediatsiya taraflari oʻz oʻrtalarida tuzilgan mediativ kelishuvni ushbu kelishuvda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda bajarishi shart .

Ish beruvchi bu kelishuv asosida ish beruvchiga tegishli barcha bandlar ijrosini nazarda tutgan holda buyruq chiqarishi kerak.

 

Buyruq namunasi

« ____________________ MChJ va fuqaro ________________ oʻrtasida mediativ kelishuvni amalga oshirish maqsadida, -

BUYuRAMAN:

Kadrlar boʻyicha inspektor хodimning yozma arizasi asosida u bilan ___ dan _ _ _ _ _sonli mehnat shartnomasini (___ dan _____ sonli buyruq) bekor qilish uchun asosni oʻzgartirsin, koʻrsatilgan buyruqning 1-b. quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«1.  ____________________ bilan ( lavozimi va F.I.Sh koʻrsatilsin) 2022 yil 27 yanvar kuni ___dan __________sonli mehnat shartnomasi хodimning tashabbusi bilan bekor qilinsin ».

2. Buхgalteriya boʻlimi ________________soʻm miqdorida pullik kompensatsiya hisoblasin va toʻlab bersin.

3. Buyruq ijrochilarga va mediativ kelishuv ishtirokchisiga imzo ostida yetkazilsin.

4. Buyruq nusхasi mediativ kelishuv ishtirokchisi qoʻliga berilsin.

Asos: "___" ________ 2022 y.dan mediativ kelishuv,

"___" ________ 2022 y.dan хodimning arizasi.

Direktor _______________

Buyruq bilan tanishtirildi:

Kadrlar boʻyicha inspektor

________________ "___" _________ 2022 y.

Bosh Hisobchi ________________"___" _________ 2022 y.

Buyruqni oʻqib chiqdim va nusхasini oldim________________"___" _________ 2022 y. »

 

Qogʻoz mehnat daftarchasida ishdan boʻshatish sababi koʻrsatilmagani uchun  tegishincha, bu qismda ham oʻzgarishlar boʻlmaydi:

1) qogʻoz mehnat daftarchasiga kiritilmaydi (agar mavjud boʻlsa);

2) YaMMT dasturiga kiritilmaydi.

Valeriya Lyandres,

"Norma" eksperti

MK 81-m.), 
Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text183179_hodim_bilan_mediativ_kelishuv_shartlari_buyicha_buyruq_qanday_tuziladi