Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodim muntazam ravishda ishga kechikib kelganligi uchun ishdan boʻshatilmoqda. Shu maqsadda videokuzatuv kameralaridagi videolardan dalil sifatida foydalanish qonuniymi?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Qonunchilikda mehnat intizomini nazorat qilish uchun videokuzatuv kameralaridan foydalanish taqiqlanmagan.
Mehnat tartibi ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim yoʻriqnomalari yoki mehnat shartnomasida
belgilanishi kerak. Ish beruvchi xodimni unga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan, shu jumladan – ichki mehnat tartibiga rioya qilish boʻyicha tanishtirishi lozim
. Shuningdek, mehnat intizomini nazorat qilish usullari haqida ham ogohlantirishi kerak.
Har qanday holatda ham ish beruvchi xodimning aybli xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda Mehnat kodeksida nazarda tutilgan majburiy tartib-taomillarni bajarishi shart. Shu jumladan, mehnat intizomini buzganlik haqidagi barcha dalillarni toʻgʻri hujjatlashtirishi kerak (bevosita rahbarning hisobotlari, dalolatnomalar va boshqalar).
Yodda tuting: avval mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qoʻllanilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojoʻya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi
.
Qoʻshimcha ma’lumotlarni quyidagi nashrlardan topishingiz mumkin:
- Mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzgan xodimni ishdan boʻshatish tartibi;
- Mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzgan xodimni ishdan boʻshatish tartibi;
- Birinchi kechikish uchun ishdan boʻshatish mumkinmi;
- Qachon va qanday shartlarda homilador ayolni ishdan boʻshatish mumkin (tushuntirish jadvali)