Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodimga (lavozim – elektromontyor) TIEK qarori bilan II guruh nogironligi belgilandi. Uni boshqa ishga oʻtkazish tavsiya etildi. Ammo ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari tufayli korxonada boshqa ish yoʻq, imtiyozli ish sharoitlarini taqdim qila olmaymiz.
Ish beruvchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shtat birligini (lavozim) yaratishga majburmi? Xodimni ishdan boʻshatish mumkinmi yoki biz uning ish joyini saqlashga majburmizmi? Agar u ishdan boʻshatilgandan keyin mehnatga layoqatli deb e’tirof etilsa, uni qayta qabul qilishga majburmizmi?»
Savollarga kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Agar korxonada nogironligi boʻlgan xodim uchun mos lavozim boʻlmasa va korxonaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarini zaxiralash talab qilinmasa, bunday lavozimni maxsus yaratish shart emas.
Xodimlarning oʻrtacha soni kamida 20 kishi boʻlgan tashkilot tuman, shahar hokimining qaroriga koʻra ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydiganlar uchun ma’lum miqdorda ish joylarini zaxiralashi kerak 
Bunday muhtoj toifalarga nogironligi boʻlgan shaxslar ham kiritiladi.
Ish beruvchilarning tartibi va majburiyatlari maxsus nizom bilan tartibga solingan
.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyaning xulosasiga koʻra xodimning sogʻligʻi holati egallab turgan lavozimi boʻyicha kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qilsa, ya’ni u MKning 168-moddasining 5-bandiga koʻra butunlay mehnatga layoqatsiz deb tan olinsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishga majbur
.
Oʻz-oʻzidan tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan xodim sogʻligʻining yomonlashishi, shu jumladan nogironlik, agar xodim topshirilgan ishni eplayotgan boʻlsa, MKning 168-moddasining 5-bandi boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli sabab sanalmaydi. Tibbiy xulosada «mehnatga qobiliyatsiz» deb aniq koʻrsatilishi kerak.
Agar hujjatda xodim qisman mehnatga layoqatliligi keltirilgan boʻlsa va sogʻligʻi holatiga koʻra unga qarshi koʻrsatilmagan ishni bajara olsa, unga bunday ishni taklif qiling – agar shunday ish mavjud boʻlsa albatta.
Agar xodim oʻtkazishdan bosh tortsa yoki korxonada munosib ish boʻlmasa, u bilan mehnat shartnomasini bekor qiling
.
Xodimning ma’lum bir ishni bajarishini taqiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma ish beruvchi uchun majburiydir. Faqat uning asosida ish beruvchi tegishli qarorlar qabul qilishi: xodimga tibbiy tavsiyalar boʻyicha mos keladigan boshqa ishni taklif qilishi, xodim oʻtkazishdan bosh tortgan yoki bunday ish boʻlmagan taqdirda esa mehnat munosabatlarini bekor qilishi mumkin.
Qonunchilikda, agar mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin vaqt oʻtishi bilan u mehnatga layoqatli deb tan olingan boʻlsa, ish beruvchining xodimni qayta ishga qabul qilish majburiyati nazarda tutilmagan,