Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Rotatsiya nima va u nima uchun kerak? Qanday qilib rotatsiyani toʻgʻri rasmiylashtirish kerak?»
kadrovik.uz oʻquvchilari uchun tushuntirishlarni ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tayyorladi.
Rotatsiya nima
Rotatsiya – koʻplab ma’no va qoʻllanishga ega boʻlgan atama. Uning kadrlarga taalluqli asosiy ta’riflarini koʻrib chiqsak:
- rotatsiya – bu byurokratiyaning oldini olish maqsadida hokimiyat tarkibini, ushbu hukmron elementlarning funksiyalarini uzluksiz ravishda yangilash;
- rotatsiya – almashtirish, oʻzgartirish, qandaydir lavozimda navbatma-navbat boʻlish;
- xodimlar rotatsiyasi – bu ishlab chiqarish zarurati tufayli kompaniya xodimlarini bir tashkilot, boʻlinma yoki boʻlim ichida bir lavozimdan boshqasiga oʻtkazish yoki koʻchirish;
- kadrlar rotatsiyasi – bu xodimlarni tashkilotning turli ishlab chiqarish vazifalari bilan tanishtirish va korrupsiyaga qarshi kurash choralaridan biri sifatida amalga oshiriladigan xodimlarning bir ish joyidan boshqasiga gorizontal (teng qimmatli ) koʻchirish.
Rotatsiya faqat «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 39-moddasi bilan tartibga solinadi (08.08.2022 y. OʻRQ-788-son):
«Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimga oʻz roziligi bilan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.
Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi:
- tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtayotgan;
- homilador ayollar, shuningdek uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar;
- tibbiy xulosaga asosan oʻzlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila a’zolari sogʻligʻining holati rotatsiya oʻtkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar.
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi shartlari mehnat shartnomasida nazarda tutiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi, majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati, shuningdek rotatsiya qilinadigan lavozimlarda boʻlish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi».
Amalda kadrlarni (xodimlarni) rotatsiya qilish boshqa tashkilotlar tomonidan ham qoʻllaniladi. Uni oʻtkazishda «Davlat xizmati toʻgʻrisida» Qonunning 39-moddada nazarda tutilgan talab va shartlarga rioya qilishni tavsiya etamiz.
Mehnat qonunchiligi nuqtai nazaridan rotatsiyani quyidagicha koʻrib chiqish kerak:
- ishlab chiqarish zarurati tufayli kompaniya xodimlarini bir tashkilot, boʻlinma yoki boʻlim ichida bir lavozimdan ikkinchisiga (teng qimmatlisiga) oʻtkazish yoki koʻchirish;
- xodimlarni tashkilotning turli ishlab chiqarish vazifalari bilan tanishtirish yoki korrupsiyaga qarshi kurash choralaridan biri sifatida xodimlarni bir ish joyidan boshqasiga koʻchirish.
Misol uchun, yirik korxonada mahsulot oʻgʻirlanishining oldini olish uchun xavfsizlik xodimlari, shu jumladan smena rahbarlari xodimlar oʻrtasida til biriktirmaslik uchun navbatma-navbat bir smenadan ikkinchisiga oʻtkaziladi.
Rotatsiyani qanday rasmiylashtirish kerak
Xodimlar rotatsiyasida asosiy omil – bu xodimlarning egallab turgan lavozimi yoki funksiyasining oʻzgarishi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini oʻzgartirish qismida Mehnat kodeksining talablariga qat’iy rioya qilishi kerak. Rotatsiya quyidagilarga sabab boʻlishi mumkin:
- mehnat shartlarining oʻzgarishi – agar xodimning mehnat funksiyalari boshqa lavozimga oʻtkazilmasdan oʻzgarsa
; - boshqa ishga (lavozimga) oʻtkazish
; - ish joyini oʻzgartirish
.
Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarining oʻzgarishi xodim va ish beruvchi tomonidan yozma shaklda tuziladigan hamda mehnat shartnomasining ajralmas qismi boʻlgan qoʻshimcha kelishuvni imzolash asosida ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi
.
Agar mehnat shartidagi oʻzgarishlar mehnat shartnomasi shartlariga ta’sir qilmasa, mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv talab qilinmaydi, buyruqning oʻzi yetarli boʻladi.
Korxonada rotatsiyani oʻtkazish zarurati va tartibini jamoa shartnomasida yoki korxonaning boshqa ichki hujjatlarida nazarda tutish maqsadga muvofiq sanaladi.
Xodimlar bilan mehnat shartnomalari shartlarida ish beruvchining rotatsiya huquqi toʻgʻrisida – «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 39-moddasi talablari bilan bir xil tarzda yozishni tavsiya etamiz.