Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Mehnat.uz saytida boʻsh ish joylari boʻyicha ma’lumot boʻlsa, mehnat organlariga ular boʻyicha hisobotlar taqdim qilish zarurmi? Yaqinda bizning tashkilotimiz Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutaxassislari tomonidan tekshirildi. YaMMT tizimida ishlash boʻyicha hech qanday shikoyat yoʻq edi, ammo boʻsh ish joylari boʻyicha hisobotlar yoʻqligiga e’tiroz boʻldi. Bunda men tekshiruvchilarga YaMMTga kiritilgan ma’lumotlarni koʻrsatdim.
Tekshiruvchilarning harakatlari qonuniymi?»
Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra «YaMT» IDAK boshqaruv boʻlimi boshligʻi Zarnigor Abdurahmonova javob berdi:
– Ish beruvchining vakolatli mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi portali orqali elektron shaklda kiritiladi (ish.mehnat.uz veb-saytda). Ish beruvchida elektron raqamli imzo mavjud boʻlmaganda yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkonsiz boʻlsa, boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ish beruvchining ish joyidagi tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markaziga qogʻoz shaklida taqdim etiladi. Bu Mehnat organlariga boʻsh ish joylari mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi Nizomning 4-bandi bilan belgilangan (22.12.1999 y. AV roʻyxat raqami 858-son).
Shundan kelib chiqib elektron shaklda hisobotlar mavjud boʻlganda hisobotlarni qoʻshimcha ravishda qogʻoz shaklida yuborishga hojat yoʻq.
Ayni paytda keyinchalik ish.mehnat.uz saytida avtomatik tarzda nashr etish bilan my.mehnat.uz sayti orqali boʻsh ish joylari haqida ma’lumot yuborish yoʻlga qoʻyilgan.