Kasallik varaqasi olti oy kechikib topshirilsa, qanday yoʻl tutish kerak

preview

«2023 yil noyabr oyida buxgalteriyaga xodimning 2023 yil 13 martdan 17 martgacha boʻlgan davr uchun kasallik varaqasini olib kelishdi.

Kech topshirilgan kasallik varaqasi boʻyicha nafaqa toʻlash mumkinmi?»

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi nima sababdan bunday uzoq kechikish bilan toʻlovga taqdim qilinganini toʻliq va ob’yektiv aniqlash kerak.

Ushbu holatning sababini aniqlash uchun xizmat tekshiruvi oʻtkazishni tavsiya qilamiz . Ichki xizmat natijalarini, agar aybdorlar aniqlansa, mansabdor shaxslarni intizomiy tartibda jazolashni nazarda tutadigan buyruq bilan rasmiylashtiring.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash toʻgʻrisida bunday kechikib murojaat qilish sabablaridan kelib chiqib, xodimga uni toʻlab berish toʻgʻrisida qabul qilishni tavsiya qilamiz.

Nafaqa olish uchun murojaat xodimning aybi bilan kechikib  topshirilgan boʻlsa, mehnat qobiliyati tiklangan kundan (savoldan kelib chiqib – 2023 yil 18 martdan) 6 oydan koʻproq vaqt oʻtganligi munosabati bilan nafaqa toʻlanmaydi .

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tashkilotning mansabdor shaxslari aybi bilan (buxgalteriyaga xodim tomonidan taqdim qilingan hujjatni toʻlov uchun oʻz vaqtida berish yoddan koʻtarildi, oʻz vaqtida rasmiylashtirish esdan chiqdi va h.k.)  toʻlanmagan boʻlsa, agar u koʻrsatilgan davrda:

  • ish haqi saqlanmagan ta’tilda;
  • bolani parvarishlash boʻyicha ta’tilda;
  • ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi toʻlash toʻxtatib qoʻyilganda;
  • harbiy oʻquv yoki tekshiruv yigʻinida;
  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qoʻshimcha ta’tilda;
  • tashkilotda ish vaqtincha toʻxtatilganda ishda  boʻlmagan boʻlsa, xodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi rasmiylashtirilishi va toʻlanishi kerak .

Nafaqa toʻlashga dalolatnoma rasmiylashtira turib, nima uchun kasallik varaqasi kechikish bilan toʻlanayotgani sabablarini koʻrsatishni tavsiya qilamiz.

 

Nafaqa tayinlashdan avval quyidagi savollarga javob berish ham muhimdir:

  • Tashkilotda xodimning kasallik boʻyicha 2023 yil 13 martdan 17 martgacha yoʻqligi haqiqatda qanday  koʻrsatilgan?
  • Unga bu davr uchun ish haqi hisoblangan va toʻlanganmi? Ish beruvchi bitta davr uchun ikki marta – ish haqi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlamasligi uchun qanday yoʻl tutishi kerak?

Agar xodim haqiqatan ham ishlamagan boʻlsa, lekin unga ish haqi hisoblangan boʻlsa, endi uni uning roziligisiz ushlab qolish mumkin emas .

Kasallik varaqasi buxgalteriyaga berilganidan 6 oy oʻtib kelib tushishida kim aybdor ekanligini aniqlash lozim.  Agar tashkilotning mansabdor shaxslari boʻlsa, demak xodim nafaqa olishga haqli. Ammo unga bu davr uchun ish haqi toʻlangan boʻlsa, holat yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi buyruqqa taxminan shunday  qoʻshimcha qilish kerak: «Xodimga toʻlangan pul mablagʻlari vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi deb hisoblansin va shu munosabat bilan toʻlangan mablagʻlarning qayta hisobi amalga oshirilsin».

 

 

 

 

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text195836_kasallik_varaqasi_olti_oy_kechikib_topshirilsa_qanday_yul_tutish_kerak