Xodimga qat’iy hayfsan e’lon qilish mumkinmi

preview

«Ishga alkogol ichimligidan mast holatda  kelganligi uchun xodimga qat’iy hayfsan e’lon qilindi. Agar ish beruvchi bunday qilmish uchun «shunchaki hayfsan» yetarli emas deb hisoblasa, bu qonuniymi?»

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi.

 

Telegram-kanaldagi maqolalarimizni kuzatib boring.

 

– Odatda, aksariyat tashkilotlar oʻz xodimlarini umumiy intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga ega, ya’ni ularga faqat Mehnat kodeksining 312-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan intizomiy choralarni qoʻllashga haqli:

  • hayfsan;
  • oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin;
  • mehnat shartnomasini  MKning 161-moddasi 2-qismi 4 va 5-bandlari boʻyicha bekor qilish.

Mehnat kodeksining 312-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari boshqa jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi. Demak, xodimga «qat’iy» ta’rifisiz hayfsan e’lon qilish mumkin.

Shuningdek, umumiy intizomiy javobgarlikda «ogohlantirish», «tanbeh», «singdirish» va hokazo kabi jazolar mavjud emas.

Umumiy intizomiy javobgarlik bilan bir qatorda maxsus javobgarlik ham mavjud. Maxsus intizomiy javobgarlik xodimlarning alohida toifalariga nisbatan amal qiladi va  tegishli  qonun, ustav va intizom haqidagi nizomda nazarda tutilgan intizomiy choralarni qoʻllashdan iborat .

❖

Umumiy va intizomiy javobgarlik oʻrtasidagi farqlar haqida «Intizomiy jazo sifatida xodimning lavozimini pasaytirishga yoʻl qoʻyiladimi» maqolasida oʻqing.

 

Koʻrib chiqilayotgan intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlar – bu normativ-huquqiy hujjatlar boʻlib, ular:

– iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari xodimlarining ayrim toifalariga, shuningdek ayrim davlat organlarining xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi, ular tomonidan mehnat intizomining buzilishi oʻta ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
– Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi .

Misol uchun, bojxona xodimlariga nisbatan bojxona organlarining intizomiy Nizomi amal qiladi . Ushbu Nizomning 28-bandida bojxona organi xodimlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan intizomiy choralar roʻyxati belgilangan. Bunday choralar sirasida shunchaki hayfsan bilan birga qat’iy hayfsan ham koʻrsatilgan.

Shuningdek, qat’iy hayfsan, masalan, Milliy gvardiya xodimiga e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda Milliy gvardiya xodimlarining intizomiy Nizomining 27-bandida soʻz boradi .

Shunday qilib, faqat alohida intizomiy javobgarlik amal qiladigan xodimlarning ayrim toifalariga qat’iy hayfsan e’lon qilish mumkin va qat’iy hayfsan intizom toʻgʻrisidagi tegishli qonun, ustav yoki nizom bilan mumkin boʻlgan intizomiy choralar sirasida koʻrsatilgan.

 

Ish beruvchi uchun oqibatlari

Xodimga Mehnat kodeksi, boshqa qonunlar, ustav yoki intizom toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilmagan jazo qoʻllanilsa, ish beruvchining aybdor mansabdor shaxsi MJTKning 49-moddasi boʻyicha jarimaga tortilishi mumkin.

 

Qanday tuzatish kerak

Agar intizoiy qilmish aniqlanganidan keyin bir oydan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa, avvalgi buyruqni bekor qilish va toʻgʻri intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida buyruq chiqarish kerak .

Agar bir oydan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa,  shunchaki intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qilishga toʻgʻri keladi. Mehnat kodeksining 314-moddasi 1-qismiga muvofiq jazo bevosita intizomiy qilmish aniqlangani sababli,  ammo u aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrini yoki uning ta’tilda boʻlishini hisobga olmaganda qoʻllanadi.

 

 

Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text197571_mehnat_kodeksida_nazarda_tutilmagan_jazo_qullanganda1