Savolning ID si: 10035
YaST toʻlovchisi MChJ boʻsh pul mablagʻlarini tijorat bank depozitlariga joylashtirish orqali foizli daromad oladi. Soliq kodeksining 156-moddasiga muvofiq, dividendlar va foizlarga toʻlov manbaida soliq solinadi. Jumladan, tijorat banklari tomonidan jamiyatimiz depozitlariga hisoblangan foizli daromadlardan toʻlov manbaida 10% stavkada soliq ushlanib, qolgan summa bizga oʻtkazib beriladi. Soliq kodeksining 132-moddasiga muvofiq, dividendlar va foizlar boshqa daromadlar tarkibiga kiritiladi va ushbu kodeksining 355-moddasiga muvofiq YaST boʻyicha soliq solish ob’yekti yalpi tushum boʻlib, boshqa daromadlar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi. Soliq kodeksining 353-moddasiga muvofiq YaST toʻlovchilarning boshqa daromadlariga asosiy (soha) faoliyat turi uchun belgilangan stavkada YaST solinadi. Prezidentning 21.12.2016 yildagi PQ-2687-sonli Qapopiga asosan tegishli korхonalarga 2020 yiling 1 yanvariga qadar YaSTdan ozod etilishi tarzida imtiyoz berilgan. Bizning MChJ esa aynan qayd etilgan imtiyoz tadbiq etiladigan tegishli korхonalarning muassisi hisoblanadi.
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan YaSTni toʻlash boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan korхonalar tomonidan boʻsh pul mablagʻlari tijorat bank depozitlariga joylashtirilib, ular foizli daromad tarzidagi boshqa daromadlarga ega boʻlishganda, Soliq kodeksining 156-moddasiga muvofiq, dividendlar va foizlarga toʻlov manbaida soliq solinadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin