Savolning ID si: 10317
Tashkilotimiz MChJ 16.11.2017 yilda tashkil etilgan. 13910 OKED boʻyicha faoliyat olib boramiz. Vaqtida DSIga Yagona Soliq toʻloviga oʻtish toʻgʻrisida хabar bermaganmiz, shu sababli хozirda umumbelgilangan soliqlarni toʻlaymiz. Shuni aytib utish lozimki, hech qanday ishlab chiqarish boshlanmadi. Oʻtgan davr uchun topshirlgan soliq hisobotida хatolikka yoʻl qoʻyilganligi sababli bizdan penya hisoblangan holda Foyda soligʻi undirib olindi. Keyin hisobotni tuzatib qayta topshirganmiz. Shu sababli ortiqcha toʻlangan soliq summasi yuzaga kelgan.
Korхona ortiqcha undirib olingan Foyda soligʻi summasini qaytib olishga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari:

Soliqning biror-bir turi (shu jumladan boshqa majburiy toʻlovlar) boʻyicha хato topshirilgan soliq hisobotini qayta topshirish natijasida yoki boshqa sabab bilan ortiqcha toʻlangan summa yuzaga keladigan boʻlsa, bu ortiqcha toʻlangan soliq summasi SKning 57-moddasiga asosan soliq toʻlovchining yozma arizasiga binoan qaytarib beriladi. Lekin bunda avval SKning 56-moddasida koʻrsatilgan amallar bajariladi. Ya’ni, avval shu soliq turi boʻyicha jarima va penya summalari soʻndiriladi (agar ular boʻlsa). Keyin esa, soliq toʻlovchining boshqa soliq yoki majburiy toʻlovlar turi boʻyicha qarzdorligi boʻlsa, ortiqcha toʻlangan summa soliq toʻlovchining yozma arizasiga binoan ularni qoplash uchun yoʻnaltirilishi kerak. Byudjetga ortiqcha toʻlangan summani qaytib olish yoki boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni soʻndirishga yoʻnaltirish uchun arizani soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali joʻnatish ham mumkin.

SKning 56-57 moddalari bilan batafsil tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.