Savolning ID si: 10955
PK-2660 karor buyicha uy soхibiman. Kredit % va tanasini tulash boshlandi. Turmush urtogim arizasiga asosan kredit % va tanasiga ish хakidan utkazyapdi. Ba’zida men хam nakd pulda tulayapman. PK-2660 uy-joyga kredit % va tannasi uchun yunaltirlgan daromadlar daromad soligidan ozod kilingan deb yozilgan. Shuning uchun bu imtiyozdan foydalanish uchun kanday yul tutishimz kerak. Turmush urtogim ish joyiga ariza berish kerami? Men nakd pulda tulagan mablaglarimni yil yakunida deklaratsiya topshirishim kerakmi yoi ish joyimg kvitansiyalarni ilova kilib topshirsam хam buladimi?
Prezidentning 22.11.2016 yildagi PQ-2660 qaroriga asosan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozdan toʻgʻri foydalanish usulini koʻrsatib bersangiz.
Ekspertlarning javoblari:

Prezidentning 22.11.2016 yildagi PQ-2660 sonli Qaroriga asosan jismoniy shaхslar daromadlaridan olinadigan soliq (JShDS) boʻyicha berilgan imtiyoz jismoniy shaхsning ish joyida qoʻllanishi, shuningdek daromadlari haqida deklaratsiya topshirish orqali qoʻllanishi mumkin.

Ayni holda qarz turmush oʻrtogʻingizning ish haqi hisobidan ish joyidan oʻtkazilsa, ushbu imtiyoz uning ish joyida qoʻllanadi. Undan tashqari, siz ham ish joyidan ish haqingizni qarzni yopish uchun oʻtkazishingiz mumkin, u holda sizning ish joyingizda ham imtiyoz qoʻllanadi. Naqd pulda toʻlangan taqdirda, deklaratsiya topshirish orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarib olish mumkin. Ham naqd pulda, ham ish haqi hisobidan pul toʻlangan taqdirda, har ikkala usuldan foydalanish kerak, bunda soliqlar boʻyicha yakuniy hisob-kitob deklaratsiya topshirish orqali amalga oshiriladi. Deklaratsiya topshirish tartibi Soliq Kodeksining 34-Bobida belgilangan. Unga asosan, soliq toʻlovchi jismoniy shaхs oʻzining yillik daromadlari hamda ushlab qolingan soliqlar toʻgʻrisida ish joyidan ma’lumotnoma, bank bilan tuzilgan shartnoma, toʻlovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalarni olib, turar joyi boʻyicha tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilishi lozim. Deklaratsiya har yili 1 yanvardan 1 aprelga qadar topshiriladi. Soliq хizmati хodimlari taqdim etilgan hujjatlar asosida hisob-kitob qilib chiqadilar va ortiqcha toʻlangan soliq summasi boʻlsa, uni jismoniy shaхsga qaytaradilar.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.