Subpudratchi tomonidan bajarilgan ishlar bosh pudratchining yalpi tushumiga kiradimi
Savolning ID si: 11661
«Koʻprikqurilishloyiha» UK 04.10.2017 yildagi PQ-3309 sonli OʻzR Prezidentining qarori bilan tashkil etilgan boʻlib, avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha bosh loyiha tashkiloti etib belgilangan. Korхona yagona soliq toʻlovchisi hisoblanadi. (STIR 305140764, OKED 71110). OʻzR Prezidentining 29.03.2018 yildagi PQ-3632 sonli «2018...2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda karital ta’mirlash boʻyicha Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan «Koʻprikqurilishloyiha» UK bosh loyiha tashkiloti etib belgilangan. Korхona Dasturda belgilangan ob’yektlar boʻyicha bosh pudratchi vazifasini bajarib, loyiha-qidiruv, topografik, geologik ishlar boʻyicha subpudratchilar shartnoma asosida yollangan.
Subpudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar bosh pudratchining yagona soliq solish ob’yektiga kiradimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin