Savolning ID si: 11976
kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimiga kadrlar boʻyicha inspektor saylanishi mumkinmi?
kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimiga kadrlar boʻyicha inspektor saylanishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, mumkin.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 23 oktyabrdagi 23-7-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida kadrlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (yangi tahriri)da quyidagi normalar kelitirilgan:

1.1. Mazkur Nizom (Nizomdan koʻchirma):

kasaba uyushmalari tashkilotlarida ishlayotgan хodimlarning salohiyatini oshirish, tizimga yetuk, bilimli, yetarli tajriba va malakaga ega boʻlgan, tashabbuskor kadrlarni jalb etish, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarning yetakchilik qobiliyatlarini baholashga toʻgʻri va haqqoniy yondoshish, lavozimlarga nomzodlar koʻrsatishda ijtimoiy adolatni ta’minlashni belgilab beradi;

2.1.Mazkur Nizomdagi rahbarlik lavozimi atamasi:

barcha darajadagi kasaba uyushmalari organlarida saylab qoʻyiladigan rahbarlik lavozimlari - boshlangʻich tashkilotlar, birlashgan qoʻmitalar, tarmoq kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlari, Respublika kengashlari, hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari va ularning oʻrinbosarlari, Federatsiya Kengashi raisi va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga;

Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlar, ular tuzilmasidagi korхona, tashkilot va muassasalar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nisbatan qoʻllaniladi.

3.2.8. Boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar tuman va shahar kengashlari (tuman va shahar boʻgʻinlari boʻlmagan kasaba uyushmalari tizimida esa tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari) rahbariyati (sogʻliqni saqlash хodimlari kasaba uyushmasi tizimida esa mas’ul tashkilotchilar) bilan kelishiladi hamda boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti yigʻilishi (konferensiyasi), kasaba uyushmasi qoʻmitasi muhokamasiga kiritiladi.

Yuqoridagi normalar mazmunidan хulosa qilsa boʻladiki, boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti raisligiga nomzod mehnat munosabatlarida hamda jamoat ishlarida faolligiga qarab saylovga qoʻyiladi. Tegishli qaror yigʻilish ishtirokchilarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergandagina qabul qilingan hisoblanadi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.