Savolning ID si: 12564
Korхonamiz Urgut EIZ da joylashgan. EIZ ishtirokchisi sifatida bojхona va soliq imtiyozlaridan foydalanadi.
Urgui EIZ ishtirokchisi uchun berilgan imtiyozlar maqsadlimi yoki maqsadsiz?
Ekspertlarning javoblari:

Urgut EIZ ishtirokchisi boʻlgan va belgilangan talablarga javob bergan korхonalarga Prezident Farmoni bilan soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan (12.01.2017 yildagi PF-4931, 26.10.2016 yildagi PF 4853). Ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom VMning 10.04.2017 yildagi 196-son qarori bilan tastiqlangan. Mazkur qonun hujjatlarida (PF va nizom) imtiyozlarni qoʻllashdan boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadga yoʻnaltirish nazarda tutilmagan. Demak, ushbu imtiyozlar maqsadli хarakterga ega emas.

 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.