Savolning ID si: 12598
Korхona oʻz balansidagi asosiy vosita - kuchmas mulkni realizatsiya qilayapti, koʻchmas mulkning qoldiq qiymati 513,24 mln soʻm, sotish narхi ham shu qoldik qiymati boʻyicha, ya’ni 513,24 mln soʻmni tashkil etmoqda. Korхona 2019 yil 1-yanvardan boshlab QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtdi. Ilgari asosiy vosita qoldiq kiymati boʻyicha realizatsiya qilinganida QQS solish ob’yekti yuzaga kelmas edi.
Agar korхona joriy 2019 yilda koʻchmas mulkni qoldik qiymati boʻyicha sotsa, QQS hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, asosiy vosita (shu jumladan koʻchmas mulk) qoldiq qiymati boʻyicha sotilganda QQS hisoblanadi.

OʻzR 24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonuni bilan Soliq Kodeksiga oʻzgarishlar kiritilgan. Oʻzgarishlar 01.01.2019 yildan e’tiboran kuchga kiradi. Jumladan, SK 204-moddasining yangi tahririga muvofiq, AVlar sotilganda QQS summasi ularni realizatsiya qilish qiymatidan hisoblanadi. Agar realizatsiya qilish qiymati AVning qoldiq qiymatidan kam boʻlsa, u holda QQS summasi AVning qoldiq qiymatidan hisoblab chiqariladi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.