Savolning ID si: 12610
Jamiyatimiz 2019 yil 1 yanvardan boshlab umumbelgilangan solik tizimiga oʻtdi. Ushbu soliq tizimiga oʻtishi munosabati bilan jamiyatimiz mol-mulk soligʻi toʻlashi kerak. Jamiyatimizning asosiy faoliyati kalava ip ishlab chiqarish.Ishlab chiqarilgan mahsulotning qariyb 70% qismi eksport boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2007 yil PQ-733 sonli qarorining 3-bandiga asosan kalava ip mahsulotining 40% ortiq qismi eksport boʻlsa, mol-mulk soligʻidan ozod qilingan. Ushbu imtiyozning amal kilish muddati 21.12.2016 yildagi PQ-2687 sonli qarorga asosan 01 yanvar 2020 yilgacha uzaytirilgan edi. 2018 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotning 70% qismi eksport kilindi. (2018 yilda korхonamiz YaST edi).
2019 yil 1 yanvardan boshlab bizning korхonamiz uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozning amal qilish muddati saqlanganmi?
Ekspertlarning javoblari:

Belgilangan shartlarga amal qilingan taqdirda, imtiyozni 2019 yilda qoʻllashingiz mumkin.

Prezidentning 21.11.2007 yildagi PQ-733 sonli Qarorining 3-bandiga muvofiq, mahsulotini belgilangan hajmda erkin muomaladagi valyutaga sotuvchi toʻqimachilik sanoati korхonalari mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi. Ushbu imtiyoz 2020 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan davrga berilgan va хozirgi paytda oʻz kuchini yoʻqotmagan.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.