Savolning ID si: 15106
Korхona oʻzi ishlab chiqargan tayyor mahsulotni turli davlatlarga eksport qiladi. Eksport shartnomalari turli хorijiy valyutalarda (AQSh dollari, YeVRO va rublda) tuzilgan. Shunga koʻra invoyslarni rasmiylashtirish va toʻlovlar turli valyutalarda amalga oshiriladi. “Qoʻshilgan kiymat soligʻi hisob-kitobi”ning 2-ilovasining izoh qismida yozilishicha: “Eksport uchun valyuta tushumi turli chet el valyutasida amalga oshirilsa, 0411 va 0412-satrlardagi barcha chet el valyutasi yukni joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi Markaziy bank belgilagan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblanadi”. Avgust oyida eksport boʻyicha ma’lumot: - 09.08.2019 yilda Qozogʻiston Respublikasiga 45 000 AQSh dollarlik (1$ = 8 704,87 sum jami 391 719 150,0 soʻm), eksport (toʻlov 10.07.2019 yilda (1$=8 578,36 sum jami 386 026 200,0 soʻm) oldindan toʻliq amalga oshirilgan); - 14.08.2019 yilda Rossiya Federatsiyasiga 3 000 000 rubllik (1 rubl =136,38 sum jami 409 140 000,0 soʻm) eksport (toʻlov 22.08.2019 yilda (1 rubl =140,14 sum jami 420 420 000,0) toʻliq amalga oshirilgan); - 22.08.2019 yilda Yaponiyaga 40 000 YeVROlik(1€=10 393,72 sum jami 415 748 800,0 sum) eksport (toʻlov 17.09.2019 yilda (1€=10 421,13 sum, jami 416 845 200,0 sum) toʻliq amalga oshirilgan) amalga oshirilgan. - Avgust oyining sungi sanasidagi kurs boʻyicha 1$ = 9 373,93 soʻm, jami summasi 421 826 850,0 soʻm 1 rubl =141,92 soʻm, jami summasi 425 760 000,0 1 € =10 446,31 soʻm, jami summasi 417 785 240,0
Korхonada QQS hisob-kitobining 2-ilovasi 0411 va 0412-satrlari qanday toʻldiriladi? Yuqoridagi shartli misol bilan tushuntirib berishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin