Savolning ID si: 15848
Korхona 2019 yil III chorak uchun taqdim etiladigan "Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma"ni 10.10.2019 yil taqdim etdi. Unda "0" koʻrsatildi. Soʻng 12.10.2019 yilda "Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi hisoboti"ni takdim etdi. Unda 10 000 000 soʻm foyda soligʻi toʻlashga chiqdi. Shundan soʻng 14.10.2019 yilda DSI 10 000 000 soʻm soliq va undan tashqari penya bilan talabnoma taqdim etdi va inkasso topshiriqnomasi bilan 21.10.2019 yilda ushbu summani korхonaning bankdagi hisobvaragʻidan pul yetgunicha toʻlik yechib oldi. Soliq summasi toʻliq undirilgach, 06.11.2019 yilda bosh buхgalter OʻzR MJTK 175-moddasi 6-qismiga koʻra ma’muriy jarimaga tortildi.
1. Foyda soligʻi joriy toʻlovi boʻyicha ma’lumotnomada "0" koʻrsatilgan boʻlsa, lekin hisobot natijasida byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi chiqsa, foyda soligʻidan III chorak uchun qarzdorlikni toʻlash muddati qachon hisoblanadi? 2. Talabnomada koʻrsatilgan ogohlantirish muddati 10 kun deyilgan boʻlsa-da, soliq idorasining ushbu muddat oʻtmasdan inkasso qoʻyib soliq summasini bankdagi hisobvaraqdan undirib olishi toʻgʻrimi? 3. Soliq summasi toʻliq undirilgach, 06.11.2019 yilda bosh buхgalter OʻzR MJTK 175-moddasi 6-qismiga koʻra ma’muriy jarimaga tortilganligi huquqiy jihatdan asoslimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin