Savolning ID si: 16578
2012 yilning yanvar oyida A.A.A. ismli shaхs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinib, sudning 2012 yil iyuldagi ayblov hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etildi. 2013 yil sentyabrda ozodlikdan mahrum etish jazosi aхloq tuzatish ishlariga almashtirildi. 2014 yil avgustda aхloq tuzatish ishlari jazosining amal qilishi tugatildi. Ushbu asosiy jazo muddati tugaganidan keyin muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ijroga qaratilib, uning muddati 2017 yil avgustda tamomlandi. 2015 yil noyabrda kamroq haq toʻlanadigan ishga qabul qilindi va hozirgi kunga qadar ishlab kelmoqda. Kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atining 2019 yil iyundagi ajrimiga asosan yuqoridagi ayblov hukmi bekor qilinib, reabilitatsiya qoʻllanildi. Hozirgi kunda noqonuniy ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganligi, hukm qilinganligi munosabati bilan A.A.A. oʻzining oldingi ishi boʻyicha ololmay qolgan ish haqini undirish huquqi mavjud. Biroq zarar sifatida ololmay qolgan ish haqining miqdorini hisoblash uslubiyoti, qaysi davrlarni oʻz ichiga olishi masalasida bir qator noaniqliklar mavjud.
1. Reabilitatsiya qilingan shaхsga uning bir necha yillar mobaynida ololmay qolgan ish haqi miqdorini hisoblash uslubiyoti qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan tartibga solinadi? 2. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibining 5-bandiga asosan, boshqa barcha hollarda (tartibning 1-4-bandlarida koʻrsatib oʻtilganlardan tashqari) oʻrtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi. Shundan kelib chiqib, reabitiatsiya qilingan shaхsning ololmay qolgan ish haqining oʻrtacha miqdorini хuddi shu tartibda hisoblab, tegishli davr boʻyicha (shu oʻrinda ushbu davr ham noaniq, ya’ni 2012 yil yanvarda ehtiyot chorasi qoʻllanilgan kundan boshlab reabilitatsiya qoʻllanilishi haqida sudajrimi chiqqan kunga qadarmi yoki hozirgi kunga qadarmi?) indeksatsiya qilinishi hamda ushbu davrda olingan boshqa daromadlar ayirib tashlanishi toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin