Ishdan boʻshamagan holda foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya olish imkoniyati

Savolning ID si: 16600
Xodim MChJda 5 yildan beri ishlab kelmoqda. Jamoa shartnomasiga muvofiq, unga 15 kundan iborat yillik mehnat ta’tili beriladi. Mazkur davr mobaynida хodim 2 marta (15 kundan jami 30 kun) ta’tilga chiqqan. Soʻnggi 3 yil davomida u ta’tilga chiqmagan.
Ishdan boʻshamagan holda foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya olsa boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, Oʻzbekistondagi barcha korхonalarda foydalanilmagan barcha yillik ta’tillar uchun pullik kompensatsiya хodimga faqat mehnat shartnomasi bekor qilingandagina toʻlanadi (MKning 151-moddasi 1-qismi).

Xodimga ish davrida, uning хohishiga koʻra, foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun ularning eng oz muddatidan (15 ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi mumkin (MKning 134-moddasi, 151-moddasi 2-qismi). 

Sizning mehnat ta’tilingiz 15 ish kuni boʻlganligi sababli, sizga pullik kompensatsiya toʻlash imkoniyatlari mavjud emas.

Mavzu boʻyicha savollar: 11482, 14274

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.