Savolning ID si: 16629
Fuqaroga tovon puli hisoblashda 12 oylik ish хaqi olinib, oʻrtacha oylik ish haqi belgilanadi.
Ushbu oʻrtacha oylik ish haqi Prezident farmonlari boʻyicha yana indeksatsiya qilinadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, toʻlovlar Prezident farmonlariga asosan oshirib boriladi.

VMning 11.02.2005 yildagi 60-sonli qaroriga 1-ilovaning 8-bandiga asosan, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM)  oshirilganda sogʻliqning shikastlanishi bilan bogʻliq zarar yoki boquvchisining vafoti bilan bogʻliq ravishda beriladigan yoʻqotilgan ish haqi, boshqa toʻlovlarni qoplash summasi PHBMning oshirilgan summasiga mutanosib ravishda koʻpaytiriladi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.