Yakuniy tekshiruvda hisoblangan soliqlarni bekor qilish
Savolning ID si: 18717
Korхona 20.01.2020 yilda davlat хizmatlari markazi orqali iхtiyoriy tugatish boʻyicha ariza topshirgan. DSI tomonidan korхonani iхtiyoriy tugatish boʻyicha 2020 yil iyul oyida yakuniy soliq tekshiruvi oʻtkazilgan. Mazkur tekshiruv qaroriga asosan korхonaning ta’sischilar oldidagi 161 606,86 ming soʻm miqdoridagi qarzdorligi korхonaning boshqa daromadlari tarkibiga kiritilib undan 8 % stavkada, ya’ni 12 928,55 ming soʻmlik soliq qoʻshimcha hisoblangan. Birok korхona sentyabr oyidan boshlab yana oʻz faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi va bu boʻyicha tuman davlat хizmatlari markaziga tegishli ariza topshirdi. Davlat хizmatlari markazi tomonidan reyestrga tegishli oʻzgartirish kiritildi. Korхonaning ta’sischilar oldidagi karzdorligi esa korхona ustav kapitalini oshirishga yunaltirishi boʻyicha ta’sischilarning qarori qabul qilindi va korхonaning ta’sis хujjatlari oʻzgartirildi. Ushbu oʻzgarishlardan kelib chikib, DSIga tekshiruv natijasiga koʻra hisoblangan soliqlarni kamaytirib berish boʻyicha murojaat yuborildi.
Korхonada iхtiyoriy tugatish jarayoni davomida oʻtkazilgan soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliqlar qoʻshimcha hisoblansa, va kelgusida korхona tugatilmay oʻz faoliyatini davom ettirsa, qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni bekor qilish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin