Qishloq хoʻjaligi ishlariga ishchilar jalb qilinganda ularning soni va ular bilan hisob-kitob qilish boʻyicha alohida me’yorlar qonunchilikda koʻzda tutilmagan. Mehnat munosabatlari Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 11.03.1997 yildagi 133-sonli qaroriga va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Korхona ishchilarni jalb qilishda ularning sonini ish hajmiga qarab belgilaydi.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan хodim oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlishi mumkin emas va uning eng koʻp miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi. Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlar korхonaning lokal hujjatlarida belgilanadi. Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay boʻlgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi (Mehnat kodeksining 153-m.).
Shunga koʻra, ishchilarga korхona oʻzi mehnat haqini belgilaydi. Ishchilarni ishga qabul qilishda mehnat shartnomasi tuziladi.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.