Aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobini taqdim etishda yuzaga kelgan muammmolar bilan ishlash
Savolning ID si: 20792
Joriy yilning sentyabr oyiga qadar 15%li stavka boʻyicha QQS hisoblanib, QQS hisob-kitobi topshirib kelingan. Keyinchalik bizga ma’lum boʻldiki, faoliyatimiz Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 243-moddasiga koʻra soliqdan ozod etilgan faoliyat turiga mansub ekan. Shu sababdan 2021 yil aprel oyidan boshlab topshirilgan barcha QQS hisobotlarini qaytadan topshirish majburiyati yuzaga keldi. DSBga murojaat qilganimizda, bu vaziyatda QQSdan ozod qilingan summani QQS hisobotining 3-ilovasi 0601-satrida har oy oʻsib boruvchi tartibda koʻrsatib borish kerakligini bildirishdi. Lekin 2021 yil iyul oyi QQS hisobotini topshirish jarayonida bir muammoga duch keldik. Muammo shundaki, QQS hisobotining 3-ilovasi 0601-satriga qoʻyib kelinayotgan summa iyun oyidan kamga farq qilganligi uchun 060-satrda “Oshibka****” yozuvi paydo boʻlmoqda va shu sababdan hisobotni topshirishning imkoni boʻlmayapti. Iyul oyidagi summa iyun oyidagi summadan kamligining sababi – iyun oyida хarid qilingan tovar iyul oyida yetkazib beruvchiga qaytarilgan edi.
QQS hisob-kitobini qayta topshirish jarayonida muammolar yuzaga kelganida qanday hal etish kerak?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin