Investitsiya majburiyatini bajarish

Savolning ID si: 20796
Norezident yuridik shaxs tomonidan investitsion faoliyat maqsadida Oʻzbekistonda MChJ shaklidagi xorijiy korxonaga asos solindi. Yagona ta’sischi 1 ta yuridik shaxs. Jamiyatga nol qiymat bilan hokimiyat tomonidan hududga ishlab chiqarish zavodini qurish uchun 1 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan yer va bino berilgan. 2019-2020 yillar mobaynida jamiyatning ustav fondini shakllantirish maqsadida jamiyat direktori jamiyatning bankdagi hisob-raqamiga oʻzbek soʻmida 1 mlrd.soʻmdan ortiq pul qoʻygan. Bank koʻchirmalarida ushbu pul kiritilganligining maqsadi «ustav kapitalini shakllantirish uchun» deb qayd etilgan. Jamiyat direktori ayni paytda ta’sischi yuridik shaxsning ishtirokchilaridan biri.
1. Jamiyat direktori tomonidan ustav fondini shakllantirish uchun kiritilgan pul mablagʻlari ham xorijiy investitsiya deb hisoblanib, investitsiya majburiyatining bir qismini bajarish sifatida qaraladimi? 2. Agar bu mablagʻlar xorijiy ta’sischining balansida qayd etilmagan boʻlsa, ular jamiyat uchun daromad boʻlib soliqqa tortiladimi? Agar ta’sischining balansida aks etgan boʻlib, buni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlsachi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyxatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin