Parrandachilik faoliyatida yer soligʻi
Savolning ID si: 20903
Korxonamizning asosiy faoliyati parrandachilik (tovuq tuxumi va goʻshti yetishtirish) yoʻnalishi boʻlib hisoblanadi. OKED kodi - 01470. 2015-2021 yillar davomida tuman hokimining qarorlari bilan ozuqa bazasi yaratish maqsadida xoʻjaligimizga jami 172 ga ekin yer, ishlab chiqarish faoliyati uchun 5,4 ga yer ajratilgan. 5,4 ga yer maydoni ichida qishloq xoʻjalik mahsulotlari, tuxum yetishtirish uchun tovuqxona va tuxum omborlari, omuxta yem ishlab chiqarish sexi va ozuqa omborlari mavjud. Ularning maydoni 4806 kvadrat metr. Biz 2016-2021 yillar uchun yagona yer soligʻi toʻlovchisi sifatida faqat yagona yer soligʻi hisobotini topshirib keldik. Bu soliq hisobotlarida 58-kod deb yuritiladi. Ishlab chiqarishga ajratilgan 5,4 ga yer uchun (soliq hisobotida 53-kod deb yuritiladi) soliq hisobotini topshirmas edik. Yaqinda soliq boshqarmasi xabarnoma yuborib korxonamizga ishlab chiqarishga ajratilgan 5.4 ga yer uchun 2021 yilda yer soligʻi hisobotini topshirishimiz kerakligini bildirdi. 2021 yil uchun Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer soligʻi hisobotini 58-kod bilan topshirganmiz.
OKED kodi 01470, asosiy faoliyati parrandachilik boʻlib faqat qishloq xoʻjaligi mahsuloti (tuxum, tovuq goʻshti) yetishtiradigan korxonaga ishlab chiqarish uchun ajratib berilgan 5,4 ga qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar uchun ham yer soligʻi hisoboti topshirish majburiymi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyxatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin