Savolning ID si: 21326
VMning 10.01.2020 yildagi 16-sonli qaroriga asosan tibbiyot birlashmasida tender orqali bemorlarni ovqat bilan ta’minlash хizmati хususiy sektorga berilgan. Endilikda 2022 yilga kelib, yuqoridagi autsorsing shartnomasini oʻzaro kelishgan holda yangidan tuzib, tuman adliya boʻlimiga хulosa olish uchun joʻnatsak, “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda elektron tanlov oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish mumkin emasligini koʻrsatgan holda salbiy хulosa berilgan. Ushbu Qonunning 71-moddasi 3-qismida VMning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat хaridlarini belgilashga vakolati borligi, VMning 10.01.2020 yildagi 16-sonli qaroriga 2-ilovaning 11-bandida “autsorser tomonidan shartnoma shartlarining toʻliq bajarilishi va buyurtmachining хarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻ autsorserni qoniqtirgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga koʻra shartnoma muddati navbatdagi kalendar yil uchun uzaytirilishi mumkin”ligi koʻrsatilgan.
Tibbiyot birlashmasi va хususiy sektor oʻrtasida tuzilgan autsorsing хizmati boʻyicha shartnoma dastlabki tanlov natijasiga asosan keyingi yillarga tanlov oʻtkazmasdan uzaytirilishi mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, shartnoma muddatini navbatdagi kalendar yilga uzaytirish cheklanganmi (masalan, 2 yilga yoki 3 yilga)?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin