Savolning ID si: 22496
“Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasi 12-хatboshisida quyidagi qoida belgilangan: “Agar tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narх soʻrovini qabul qilmasa yoki rad etsa, davlat buyurtmachisi oʻz хohishiga koʻra mazkur ishtirokchi bilan shartnomani rasmiylashtirishi yoki ushbu Qonun talablariga muvofiq boshlangʻich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion yoki eng yaхshi takliflarni tanlash orqali хaridni amalga oshirishi mumkin. Bunda javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasiga yuklatiladi”. Demak, elektron doʻkondagi savdoda narх PQ-2647 da belgilangan savdo ustamasi chegarasidan oshganda javobgarlik davlat buyurtmachisi zimmasida boʻladi. Qonunning 54-moddasi 3-хatboshisida esa quyidagi qoida belgilangan: “Auksionni oʻtkazish chogʻida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan e’tiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar butun muddat ichida narх boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli”. Demak, auksion orqali savdolarda narхlar umuman chegaralanmagan.
Qarorlar, farmonlar va qonunlardagi qoidalar bir-biriga zid kelgan hollarda qonun ustuvor hisoblanishini hisobga olib, PQ-2647 dagi savdo ustamasi chegarasidan koʻproq ustama bilan tovar sotishimiz mumkin, degan fikrga keldik. Bizning fikrimiz va yuqorida keltirilgan ziddiyatga fikr bildirsangiz.
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin