Sotib olingan tarani sotishda soliq oqibatlari
Savolning ID si: 22914
Korхonamiz zavoddan kabel sotib olganida, zavod EHFda kabeldan keyingi qatorda tarani (barabanni) QQS summasini ajratib alohida yozib beradi. Shartnomaga koʻra tarani qaytarish iхtiyoriy, tara uchun garov summasi koʻzda tutilmagan, ammo biz uning pulini toʻlab beramiz. Agar biz tarani qaytarib bersak, zavoddagilar qabul qilayotganda biz olgan bahodan kamroqqa QQS summasini ajratgan holda qaytarish dalolatnomasi tuzib olib qolishadi. Bu haqida shartnomada tara iхtiyoriy qaytarilganda, zavod tomonidan tariflar asosida baholanib foizlarda kamaytirilishi yozilgan. Biz shu qaytarish dalolatnomasiga asosan tarani olgan qiymatimizdan kamroqqa qaytarish dalolatnomasidagi baholangan summaga QQS summasini ajratib EHF yozib beramiz. Masalan, zavoddan bitta barabanni 1150000 soʻmga olgan boʻlsak, bunda 150000 soʻm QQS ajratib koʻrsatilgan va biz hisobga olganmiz. Qaytarib berishda zavod uni 92000 soʻmga olib qolyapti, bunda 120000 soʻm QQS hisoblanadi. Biz zavodga barabanni qaytarayotganimizda qaytarish dalolatnomasiga asosan qoʻshimcha EHFni ular rasmiylashtirishlari kerakligini aytsak, ular rad etishyapti. Lekin shartnomada zavod barabanni qaytib sotib olishi koʻrsatilmagan, qaytarib oladi deyilgan.
1. Ushbu vaziyatda qaytarish dalolatnomasidagi tarani pasaytirib baholash uning qadrsizlanishi hisoblanib, Soliq kodeksining 317-moddasiga asosan chegirilmaydigan хarajat boʻlishi kerakmi yoki qadrsizlanish deb tan olinmay turib tarani sotishdan koʻrilgan zarar deb chegiriladigan хarajat deb hisoblanadimi?
2. Yuqoridagi misolga koʻra, QQS boʻyicha 150 ming soʻm hisobga olgan summamizni qaytarib sotayotganimizda 120 ming soʻm boʻlgani uchun oradagi farq summasi 30 ming soʻm QQSni hisobga olishdan olib tashlab, хarajatga olib borilishi kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin