Savolning ID si: 23614
QKda ishlab chiqarish 2022 yil 1 oktyabrdan to’xtatildi. Xodimlarga haq to’lanmaydigan ta’til berildi. QKning qayta ishga tushish muddati noma’lum.
Ta’til muddati tugagandan keyin QK qayta ishga tushmasa, xodimlar ishdan bo’shatish nafaqasisiz ishdan bo’shatilishi mumkinmi? Haq to’lanmaydigan ta’tilda xodimlarga boshqa ish topishlari bo’yicha ogohlantirish xatlari berish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish hususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan bekor qilinayotganda ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart.

Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin (MKning 102-m.).

Shunga ko’ra:

1. korxona tugatilishi munosabati bilan ish beruvchi xodimni imzo chektirgan holda kamida 2 oy oldin ogohlantirishi lozim (va bu muddat uchun oylik to’laydi);

2. xodim ogohlantirish muddati o’rniga pullik kompensatsiyaga rozi bo’lsa, ushbu muddat o’rniga mutanosib kompensatsiya to’lanishi kerak;

3. xodim mehnat ta’tilida bo’lgan davrda ish joyida bo’lmasligi tabiiy hol, bundan kelib chiqadiki, ish beruvchi unga yozma ravishda (imzo chektirgan holda) ogohlantirish xatini berish imkoniyatiga ega emas;

4. agar xodimning mehnat huquqlari buzilayotgan bo’lsa, Davlat mehnat inspektsiyasiga murojaat etish mumkin (https://dmi.mehnat.uz/).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.