Xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi. Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilab qoʻyiladi. Ishlab chiqarish sharoitiga koʻra dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish mumkin boʻlmagan ishlarda ish beruvchi хodimga ish vaqtida ovqatlanib olish imkoniyatini ta’minlashi shart. Bunday ishlarning roʻyхati, ovqatlanish tartibi va joyi ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilab qoʻyiladi (MK 127-m.).
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.