Savolning ID si: 2661
Jismoniy shaхs – muassis (yosh oila a’zosi hisoblanmaydi) oʻz dividendlarini qishloq joylarda uy-joyni sotib olish uchun olingan bank krediti boʻyicha boshlangʻich badal hamda keyinchalik ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soʻndirish uchun yoʻnaltiradi (masalan, har oyning 11-sanasida).
SKning 179-moddasi 30-bandiga muvofiq muassisning qishloq joylarda uy-joy sotib olish uchun yoʻnaltirilgan dividendlari soliq solishdan ozod qilinadimi? Bunday operatsiyaning buхgalteriya hisobi va soliq hisobotini toʻldirish tartibi qanday?
Ekspertlarning javoblari:

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishni banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaхs tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soʻndirish uchun oʻz ish haqini va boshqa soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlarini yoʻnaltirilganda SKning 179-moddasi 30-bandida koʻzda tutilgan imtiyozdan foydalanishga haqli: mazkur maqsadlar uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga soliq solinmaydi.

Bunday kreditlarni berish tartibi Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisida Nizom bilan (VMning 25.05.2009 yildagi 148-son qaroriga ilova) belgilangan. Nizom ipoteka krediti berishda ishtirok etayotgan OʻzR TIF Milliy banki va “Ipoteka-bank” ATIBga ham  tatbiq etiladi.

Nizomda belgilanganki, qarz oluvchi  bu qishloq joyda yashaydigan, qishloqda uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.

Qarz oluvchi tomonidan foizlarni va ipoteka kreditini toʻlash, jumladan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin  (Nizomning 41-bandi).

Masalani dividendlarni yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar qoʻllanadigan soliq solinadigan boshqa daromadlar tarkibiga kirishi jihatidan koʻrib chiqqanda, shuni qayd qilamizki, SKning 176-moddasiga koʻra dividendlar jismoniy shaхslarning mulkiy daromadlari tarkibiga kiradi. Mulkiy daromadlar, oʻz navbatida, JShDSni hisoblaganda soliq solinadigan baza (soliq solinmaydigan daromadlarni chegirgan holda) hisoblanadigan jismoniy shaхslarning jami daromadlari tarkibiga kiradi (SKning 171-moddasi).   Ya’ni, dividendlar ham ish haqi kabi soliq solinadigan daromadlar jumlasiga kiradi. Dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga  10 foiz miqdorida alohida soliq stavkasi belgilangan (Prezidentning 04.12.2014 yildagi PQ-2270-son qarori).

Shunday qilib, muassis tomonidan oʻz dividendlarini (yoki ularning bir qismini) ipoteka kreditini va u boʻyicha foizlarni soʻndirish uchun yoʻnaltirilganda, u SKning 179-moddasi 30-bandida koʻzda tutilgan imtiyozlardan foydalanishga haqli. Bunda ipoteka krediti qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun rasmiylashtirilishi kerak. Biroq, bunday uy-joy (mol-mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilgan dividendlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.

Buхgalteriya hisobi

Xoʻjalik operatsiyasi mazmuni

 

Debet

Kredit

Muassisga dividendlar hisoblab yozildi

8710

«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»

6610

«Toʻlanadigan dividendlar»

Ipoteka kreditini dividendlar hisobidan soʻndirish uchun bankka oʻtkazildi

6610

«Toʻlanadigan dividendlar»

5110

«Hisob-kitob schyoti»

 Soliq hisoboti

Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq hisobotini toʻldirishda (22.03.2013 yildagi 2439-son "Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorga 2-ilova)  muassis tomonidan ipoteka kreditini soʻndirishga yoʻnaltiriladigan dividendlar quyidagicha aks ettiriladi:

-          Hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarda (keyingi oʻrinlarda – Ma’lumotlar) 004, 006 va 019-satrlar boʻyicha;

-          Ma’lumotlarga 2-ilovada “Toʻlangan dividendlar va foizlar hamda oʻtkazilgan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi  summasining rasshifrovkasi”  2, 4, 5 va 6 grafalarda;

-          Ma’lumotlarga 3-ilovada“Jismoniy shaхslarga hisoblangan daromadlar rasshifrovkasi” (yilda bir marta taqdim etiladi) 01, 03 va 032-satrlar boʻyicha.

-          Ma’lumotlarga 4-ilovada “Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari rasshifrovkasi” (yilda bir marta taqdim etiladi) 01, 02, 03 va 035-satrlar boʻyicha.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.