Jismoniy shaхslarning yer soligʻi avvalgi yillar uchun ham qoʻshimcha hisoblanishi mumkinmi
Savolning ID si: 28423
Jismoniy shaхslar yer soligʻi boʻyicha fuqaroga tegishli jami 0.2719 ga yer maydoni uchun soliq organlari tomonidan 2024 yilda 3 744 000 sum yer soligʻi hisoblanmoqda. Shahrisabz tuman hokimining 2019 yil 9 martdagi H-862103-sonli “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi” doirasida bino-inshootlarga mulk huquqi hamda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini berish toʻgʻrisida qarori mavjud. Unga asosan 0.06 ga yer uchun egalik huquqi berilgan. Tuman solik organiga hisoblangan yer soligʻi boʻyicha murojaat etilganida, oʻtgan yillarda jami gektar yer uchun 1 baravar miqdorida yer soligʻi (Shahrisabz tumani Miraki shaharchasi uchun 2024 yilda kv.metr yer uchun soliq 25 600 soʻmga teng) soliq hisoblanib kelingan, soliq organiga reviziya kelib tekshiruv olib borilganida faqat egalik huquqi berilgan.
Reviziya ushbu tartibda tekshiruv olib borishga haqlimi? Qanday hujjatga asosan 3 baravar miqdorida yer soligʻi hisoblanyapdi, oʻtgan yillarga nisbatan ham qayta hisob-kitob qilinishi toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin