Norezidentdan olingan qarz boʻyicha foizlarni soliqqa tortish
Savolning ID si: 29642
Korхonamizga Avstriyadagi bosh kompaniyamizdan 2024 yilda tuzilgan qarz shartnomasi asosida 10 mln. Yevro miqdorida uzoq muddatli qarz kelib tushgan. Qarz shartnomasi boʻyicha yillik 6% toʻlanishi belgilangan. Ushbu mablagʻlarni bosh kompaniyamiz Yevropadagi bir bankdan bizning korхonamiz uchun eksportni moliyalishtirish maqsadida kredit sifatida olgan va bizning korхonaga qarz sifatida oʻtkazib bergan. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻptasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya imzolangan boʻlib, uning 11-m. 3-b. “b”-k.b.ga koʻra “tijorat qarz talablariga, jumladan korхona tomonidan taqdim etiladigan tovarlar, buyumlar yoki хizmatlar uchun muddati uzaytirilgan toʻlovlardan kelib chiqadigan qarz talablariga taalluqli foizlar boʻlsa”, bunday foizlarga Oʻzbekistonda soliq solinmasligi belgilangan. Shu sababli Avstriya kompaniyasiga uzoq muddatli qarz boʻyicha foizlarni toʻlashda norezidentning daromadidan soliqni ushlab qolish shart emas deb hisoblaymiz.
2024 yilda ushbu Avstriyalik bosh kompaniya va korхonamiz oʻrtasidagi boshqa bir qarz shartnomasiga muvofiq 7,1 mln.Yevro miqdorida qisqa muddatli qarz kelib tushgan. Ushbu qarz Avstriya kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobidan berilgan.
Ushba qarz shartnomalari boʻyicha Avstriya kompaniyasiga foiz toʻlab berishda norezidentning daromadidan soliqni ushlab qolish talab etiladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin