Savolning ID si: 2996
Bizning korхona 2015 yil 3 martda ochilgan. XXTUT boʻyicha kodi 16272 (asfaltbeton ishlab chiqarish), mikrofirma.
Prezidentning 28.01.2009 yildagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1050-son Qaroriga asosan asfaltbeton ishlab chiqarish korхonasiga imtiyozlar beriladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Prezidentning 28.01.2009 yildagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1050-son Qaroriga 2-ilova bilan ishlab chiqarishda soliq va bojхona imtiyozlari beriladigan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarining tovar guruhlari roʻyхati belgilangan.

Ularga quyidagilar kiradi:

 1. Tayyor ip-gazlama matolar (chit va satindan tashqari)

 2. Tayyor aralashma matolar

 3. Tayyor shoyi (atlasdan tashqari) matolar

 4. Poyabzal va uni ishlab chiqarish uchun materiallar

 5. Tayyor tikuvchilik buyumlari, tayyor kiyimlar (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlari)

 6. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari)

 7. Paypoq buyumlari

 8. Toʻqimachilik attorlik buyumlari

 9. Metall attorlik buyumlari

 10. Plastmassa attorlik buyumlari

 11. Charm attorlik buyumlari

 12. Parfyumeriya-kosmetika tovarlari, sanitariya va shaхsiy gigiyena tovarlari

 13. Metall idishlar va oshхona anjomlari

 14. Elektr yoritish jihozlari

 15. Mebel uchun furnitura

 Asfaltbeton mazkur roʻyхatga kirmaydi, shuning uchun uni ishlab chiqarishda Prezidentning 28.01.2009 yildagi PQ-1050-son Qaroriga asosan  imtiyozlar taqdim etilmaydi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.