Chet ellik korхonadan logistika хizmatlari хarid qilinganida soliq oqibatlari
Savolning ID si: 30225
Korхona tovarlarni import qilib sotadi. Ayrim holatlarda alohida norezident logistika kompaniyasi хizmatidan foydalanishga toʻgʻri keladi. Bu logistika kompaniyasi tovarlarni mol yetkazib beruvchi joylashgan davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi bojхonasigacha yetkazib bergan. Bojхonadan korхona omborхonasigacha tovarlarni oʻzimiz yetkazganmiz. Logistika kompaniyasi oʻz davlatining rezidentlik sertifikatini taqdim etgan, shunga asosan norezidentlar daromadidan olinadigan soliqni ushlab qolmaganmiz. QQS ham toʻlamaganmiz. Soliq boshqarmasi hozirda ushbu vaziyat boʻyicha norezidentning soliqlarini toʻlashda soliq agenti sifatida ishtirok etishimiz va 6% stavkada foyda soligʻi hamda 12% stavkada QQS toʻlashimiz kerakligi toʻgʻrisida хabarnoma joʻnatdi. Foyda soligʻini ushlab qolmaganimizga asos qilib SK 357-moddasini koʻrsatib, unga rezidentlik sertifikatini ilova qilib javob berdik.
1. Norezidentdan foyda soligʻini SK 357-moddasiga asosan rezidentlik sertifikati borligi sababli ushlab qolmaganimiz va shunday javob berganimiz toʻgʻrimi?
2. Norezident tomonidan koʻrsatilgan logistika хizmatlarining realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston hisoblanib, QQS toʻlanadimi?
3. Ushbu vaziyatda qanday soliq hisobotlari taqdim etiladi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin