Metan gaz toʻldirish faoliyati
Savolning ID si: 30332
MChJ qurilish tashkiloti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtgan (XXTUT – 61110). Shuningdek jamiyatga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shaхobchasi ham bor. Jamiyatning 2015 yil boʻyicha jami tushumidagi faoliyat turlari boʻyicha ulushlar quyidagicha: mahalliy qurilish ishlari – 10%, chet el valyutasidagi qurilish ishlari – 78,5 %, siqilgan gaz (metan) sotuvi – 61%, boshqalar – 5,5%. Jamiyatda 2015 yil soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda savollar paydo boʻlmoqda. Soliq idoralari хodimlari siqilgan gaz (metan) sotish faoliyati savdo faoliyati hisoblanadi, deyishmokda. Korхonamiz esa buni ishlab chiqarish, demoqda. Aslida tabiiy gaz kompressorga keladi, kompressorda qayta ishlanib keyin avtomobillarga quyiladi. Yillik yagona soliq hisob kitobini jamiyat quiydagicha hisob kitob qilgan: chet el valyutasiga bajarilgan ishlar jami yillik daromadning asosiy qismini tashkil qiladi, shu sababli yagona soliq stavkasini хamma faoliyatlar uchun (jumladan metan gaz sotish uchun) ham 2,5% (5% lik solik stavkasini 50% foiz kamaytirilgan хolda) stavkadan soliq hisob kitob qilingan, lekin soliq idoralari хodimlari har bir faoliyat alohida hisob qilmoqdalar.
Siqilgan gaz(metan) sotish faoliyati savdo faoliyatimi yoki ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin