Savolning ID si: 32042
Biz bitta konsalting korxonasi bilan soliqlardan imtiyozlarimiz mavjudligi yoki yo`qligini o`rganib berish bo`yicha shartnoma tuzgandik. Shartnomaga asosan ushbu korxona bizga faqat soliq hisobotlarimizni ko`rib berib, soliqlardan Soliq kodeksiga asosan imtiyozlarimiz mavjud bo`lsa, imtiyozlarimizni qo`llab beradi va shu imtiyoz summasidan foizda ulush oladi. 2023 yil foyda solig`i bo`yicha ushbu korxona bizga imtiyoz qo`llab bergan (100 mln so`m qaytarib olingan). Shartnomada u imtiyoz summasidan 30% ulush olishi ko`rsatilgan. Konsalting korxonasiga 30 mln so`m to`lab berilgan. Ammo oldingi buxgalter xato qilib, 2023 yil foyda solig`i hisobotida amortizatsiya summalarini (300 mln so`m) chegirmagan ekan. Endi biz qayta hisobot topshirdik va shundan keyin imtiyoz summamiz 45 mln so`mga kamaydi (ya'ni imtiyoz summasi 55 mln so`m bo`lib qoldi). Konsalting korxonasidan shu kamaygan summaning 30% ini, ya'ni 13,5 mln so`mni qaytarishni talab qildik. Ammo ular buning uchun javobgar emasligini, shartnomada soliq hisobotlari soliq to`lovchi tomonidan noto`g`ri jo`natilgan bo`lsa, imtiyoz summasidan kamaygan summaga o`zi olgan ulushi qismidan javobgar bo`lmasligi ko`rsatilganlini aytishmoqda.
Bunday qilishlari qonuniymi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin