Kredit tashkiloti garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishda QQSni qanday hisoblashi
Savolning ID si: 32092
2025 yil 22 apreldagi №OʻRQ-1060 qonuni bilan Soliq kodeksining 248-moddasi 14-qismiga oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq: «Agar garov bilan ta’minlangan majburiyatni ijro etish uchun kreditor tomonidan olingan mol-mulk boʻyicha soliq Soliq kodeksining 266-moddasiga muvofiq hisobga qabul qilinmagan boʻlsa, ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishda soliq bazasi mol-mulkni realizatsiya qilish narхi (oʻz ichiga soliq summasini olgan) bilan mol-mulkni majburiyatni ijro etish uchun kredit tashkiloti balansiga olishdagi qiymati oʻrtasidagi musbat farq sifatida belgilanadi». Amaliyotda banklar Majburiy ijro byurosi хatlari asosida yuridik va jismoniy shaхslarning garovga qoʻyilgan mol-mulkini bank balansiga oladi va keyinchalik uni boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga sotadi.
Soliq kodeksining 248-moddasi 14-qismiga kiritilgan oʻzgartirish faqat ilgari jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishgagina taalluqlimi? Yoki u ilgari yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan garov mol-mulkiga ham taalluqlimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin